QOLMOQIR KARYERI SHAROITIDA ARALASH TRANSPORT O‘LCHAMLARINI OPTIMALLASHTIRISH
Keywords:
Qolmoqir karyeri, aralash transport, ochiq kon ishlari, avtoag‘dargich, konveyer transporti, tashish masofasi, transport tannarxi, kon logistikasi.Abstract
Maqolada Qolmoqir karyeri sharoitida chuqurlashib borayotgan ochiq kon ishlari uchun aralash transport tizimi o‘lchamlarini optimallashtirish masalasi ko‘rib chiqildi. Karyer chuqurligi ortishi bilan tashish masofasi, avtoag‘dargich sikl vaqti, yoqilg‘i sarfi va transport tannarxi oshadi. Shu sababli faqat avtomobil transportiga tayanish uzoq muddatli barqaror yechim bo‘la olmaydi. Tadqiqotda avtomobil, avtomobil–temir yo‘l va avtomobil–konveyer sxemalari texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha taqqoslandi. Baholashda sikl vaqti, unumdorlik, avtoag‘dargichlar soni, tashish tannarxi va aralash transport samaradorlik koeffitsienti asosiy mezon sifatida belgilandi. Natijalar tashish masofasi 4,0–4,5 km dan oshganda aralash transportga o‘tish maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatdi. Avtomobil yelkasini 5,5 km dan 2,5 km gacha qisqartirish avtoag‘dargich unumdorligini 303,2 t/soatdan 492,1 t/soatgacha oshiradi. Taqqoslama baholash natijalariga ko‘ra, avtomobil–konveyer sxemasi transport tannarxini 35,9 % gacha kamaytirishi mumkin. Taklif etilgan yondashuv Qolmoqir karyerida yuk oqimini barqarorlashtirish, yoqilg‘i sarfini kamaytirish va transport parkini maqbullashtirishda qo‘llanishi mumkin.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NoDerivatives 4.0 International License.







