INSONDAGI PARAZITAR KASALLIKLAR: KLASSSIFIKATSIYASI, PATOGENEZI, KLINIK KO‘RINISHLARI VA DIAGNOSTIKASI

Authors

  • Qarabaeva Mexriban Baxitbaevna

Keywords:

parazitar kasalliklar; protozoylar; gelmintlar; ektoparazitlar; patogenez; diagnostika; immun javob; intoksikatsiya; gigiyena; profilaktika.

Abstract

Mazkur maqolada inson organizmidagi parazitar kasalliklarning keng tarqalishi, ularning biologik xilma-xilligi, rivojlanish sikllari hamda patogenetik ta’sir mexanizmlari keng yoritilgan. Parazitlarning turli turlari — bir hujayrali protozoylar, gelmintlar, ektoparazitlar va to‘qima parazitlarining inson organizmida chaqiradigan kasalliklari tizimli tahlil qilingan. Shuningdek, ularning mexanik, toksik, allergik va immunologik ta’sirlari orqali yuzaga keladigan klinik belgilar, dispeptik, intoksikatsion hamda asoratli sindromlarning shakllanish jarayonlari izohlangan. Maqolada parazitar infeksiyalarni erta aniqlashning zamonaviy diagnostik usullari — mikroskopik, immunoferment, molekulyar-genetik (PZR) va instrumental tekshiruvlar samaradorligi tahlil etilgan.

Downloads

Published

2025-10-31

Issue

Section

Articles

How to Cite

INSONDAGI PARAZITAR KASALLIKLAR: KLASSSIFIKATSIYASI, PATOGENEZI, KLINIK KO‘RINISHLARI VA DIAGNOSTIKASI. (2025). European Journal of Interdisciplinary Research and Development , 44, 252-259. https://ejird.journalspark.org/index.php/ejird/article/view/1653