INSONDAGI PARAZITAR KASALLIKLAR: KLASSSIFIKATSIYASI, PATOGENEZI, KLINIK KO‘RINISHLARI VA DIAGNOSTIKASI
Keywords:
parazitar kasalliklar; protozoylar; gelmintlar; ektoparazitlar; patogenez; diagnostika; immun javob; intoksikatsiya; gigiyena; profilaktika.Abstract
Mazkur maqolada inson organizmidagi parazitar kasalliklarning keng tarqalishi, ularning biologik xilma-xilligi, rivojlanish sikllari hamda patogenetik ta’sir mexanizmlari keng yoritilgan. Parazitlarning turli turlari — bir hujayrali protozoylar, gelmintlar, ektoparazitlar va to‘qima parazitlarining inson organizmida chaqiradigan kasalliklari tizimli tahlil qilingan. Shuningdek, ularning mexanik, toksik, allergik va immunologik ta’sirlari orqali yuzaga keladigan klinik belgilar, dispeptik, intoksikatsion hamda asoratli sindromlarning shakllanish jarayonlari izohlangan. Maqolada parazitar infeksiyalarni erta aniqlashning zamonaviy diagnostik usullari — mikroskopik, immunoferment, molekulyar-genetik (PZR) va instrumental tekshiruvlar samaradorligi tahlil etilgan.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NoDerivatives 4.0 International License.







