AFG‘ONISTON VA YANGI KATTA O‘YIN: MARKAZIY OSIYOGA GEOSIYOSIY TA’SIRLAR
Keywords:
Afg‘oniston; Yangi Katta o‘yin; Markaziy Osiyo; geosiyosiy raqobat; mintaqaviy xavfsizlik kompleksi; geoiqtisodiy integratsiya; trans-Afg‘on transport loyihalari (CASA-1000, TAPI, Lapis Lazuli, trans-Afg‘on temir yo‘li); O‘zbekistonning pragmatik diplomatiyasi; yangi integratsion model.Abstract
Ushbu maqolada Afg‘oniston atrofida shakllanayotgan “Yangi Katta o‘yin” geosiyosiy jarayonlari va ularning Markaziy Osiyo xavfsizlik hamda geoiqtisodiy integratsiyasiga ko‘rsatadigan ta’siri kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot ob’ekti sifatida Afg‘oniston markazli mintaqaviy raqobat tizimi, predmeti sifatida esa yirik va mintaqaviy davlatlar manfaatlari kesishuvi sharoitida Afg‘onistonning strategik o‘rni hamda bu jarayonlarning Markaziy Osiyo uchun tahdid va imkoniyatlari olinadi. Maqolada realizm, neorealizm, liberalizm, murakkab o‘zaro bog‘liqlik, mintaqaviy xavfsizlik kompleksi va Heartland nazariyalari asosida AQSh, Rossiya va Xitoyning Afg‘onistonga nisbatan siyosati, shuningdek Pokiston, Eron va Hindistonning mintaqaviy o‘yinchi sifatidagi funksiyalari solishtirma va tizimli yondashuv orqali yoritiladi.Afg‘onistondagi beqarorlikning terrorizm, radikalizm, narkotrafik va transmilliy jinoyatchilik oqimlari orqali Markaziy Osiyo xavfsizlik arxitekturasiga ta’siri tahlil qilinar ekan, CASA-1000, TAPI, Lapis Lazuli va trans-Afg‘on temir yo‘li kabi loyihalar misolida barqaror Afg‘onistonning mintaqaviy integratsiya uchun strategik imkoniyatlar yaratishi asoslanadi. O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha pragmatik diplomatiyasi, Tashkent tashabbuslari, trans-Afg‘on infratuzilma va gumanitar loyihalari “yangi integratsion model”ning amaliy ifodasi sifatida talqin etiladi. Tadqiqot natijalari Markaziy Osiyo davlatlari uchun Afg‘onistonni faqat xavfsizlik muammosi emas, balki mintaqaviy hamkorlik va integratsiya uchun geoiqtisodiy bo‘g‘in sifatida ko‘rishga qaratilgan strategik yondashuvni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NoDerivatives 4.0 International License.







