KO‘CHA-YO‘L TARMOG‘INI YORITISHDA ELEKTR TOKI SARFINI ANIQLASH
Keywords:
Ko‘cha-yo‘l tarmoqlari, tashqi yoritish, shaharsozlik normalari, QMQ, elektr toki sarfi, yoritish sxemalari, lyuks, energiya tejamkorlik, kombinatsiyalangan yoritish, intellektual boshqaruv.Abstract
Ushbu maqolada shahar va qishloq aholi punktlarining ko‘cha-yo‘l tarmoqlarini tashqi yoritish tizimlarini loyihalash prinsiplari, shaharsozlik normalari (QMQ) talablari va elektr energiyasi sarfini hisoblash-tahliliy usullari ko‘rib chiqilgan. Yo‘l qatnov qismining kengligiga qarab chiroq ustunlarini joylashtirish sxemalari (bir tomonlama, ikki qatorli, shaxmat va o‘q bo‘ylab) va ularning yoritish bir tekisligini ta’minlashdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada tashqi yoritish tizimlarining energiya samaradorligini oshirishda tabiiy yoritishni optimallashtirish, fotoelektrik datchiklar va gibrid tizimlar orqali kombinatsiyalangan intellektual boshqaruvni joriy etish tendensiyalari hamda turar-joy hududlari va ochiq bozorlar uchun me’yoriy yoritilganlik darajalari tadqiq etilgan.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NoDerivatives 4.0 International License.







