ELEKTRON LUG‘ATLARDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNI BERISHNING YANGI USULLARI
Keywords:
elektron lug‘at, frazeologik birlik, raqamli leksikografiya, gipermatn, korpusga asoslangan lug‘atshunoslik, sun’iy intellekt, multimedia lug‘at, frazeologizm.Abstract
Ushbu maqolada elektron lug‘atshunoslikda frazeologik birliklarni ifodalash va taqdim etishning zamonaviy usullari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning rivoji munosabati bilan an’anaviy qog‘oz lug‘atlardan farqli o‘laroq, elektron lug‘atlar frazeologizmlarni ko‘p qatlamli, interaktiv va multimedia imkoniyatlaridan foydalangan holda berishga sharoit yaratmoqda. Maqolada gipermatn tuzilmalari, korpusga asoslangan yondashuv, sun’iy intellekt va mashina o‘rganishi texnologiyalari, shuningdek vizual va audio ilovalar orqali frazeologizmlarni leksikografik jihatdan qayta ifodalash masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot ingliz, rus, o'zbek va boshqa tillardagi elektron lug‘atlar misolida amalga oshirilgan bo'lib, natijalar zamonaviy lug'atshunoslikda yangi metodologik yondashuvlar zarurligini ko'rsatib beradi.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NoDerivatives 4.0 International License.







