YUQORI TEZLIKDA BURG‘ILASH ISHLARIDA ISHLATILAYDIGAN POLIMERNI SINTEZ NATIJASIDA OLINGAN REAGENTNI QURITISH TEXNOLOGIYASI
Abstract
Polimer odatda suvli eritma, gel konsentrat (20–30%), yoki cho‘kma (precipitated polymer) ko‘rinishida olinadi. Quritishning maqsadi namlikni 5–10% gacha tushirish, molekular strukturani buzmaslik, tez eruvchanlikni saqlashdir. Quritish jarayonining maqsadi va ilmiy asoslari Polimer sintezi natijasida olingan mahsulot odatda suvli eritma yoki yuqori konsentratsiyali gel ko‘rinishida bo‘ladi. Bunday holatda uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sanoatda qo‘llash samarador emas, chunki saqlash muddati cheklangan bo‘ladi, transportirovka qiyin, dozalashda noaniqliklar, eruvchanlik tezligi nazorat qilinmaydi. Shu sababli sintezlangan polimerni barqaror kukun holatiga keltirish texnologik jihatdan muhim bosqich hisoblanadi. Quritish jarayonida asosiy vazifa namlik miqdorini 5–10 % gacha pasaytirish, molekular massa degradatsiyasini oldini olish, funksional guruhlar aktivligini saqlash, tez eruvchan g‘ovak strukturani shakllantirish.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NoDerivatives 4.0 International License.







