O‘ZBEKISTONNING XALQARO TURIZM TIZIMIGA INTEGRATSIYASI: MUAMMOLAR VA IMKONIYATLAR

Authors

  • Rasulov Jamshid Rustam o‘g‘li Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Servis fakulteti Talaba

Keywords:

xalqaro integratsiya, turizm eksporti, raqamli transformatsiya, madaniy diplomatiya, barqaror turizm, O‘zbekiston.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining xalqaro turizm tizimiga integratsiyasi jarayoni iqtisodiy, madaniy va raqamli jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari 2019–2024-yillar oralig‘ida turizm sohasi mamlakatning yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 3,2 % dan 4,7 % gacha oshganini ko‘rsatadi. 2023-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 6,6 millionga yetgan, turizm xizmatlari eksporti esa 2,14 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Biroq transport infratuzilmasi, xizmat sifati va raqamli marketing yetarlicha rivojlanmagani xalqaro integratsiyani to‘liq amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda. Tadqiqot O‘zbekistonning turizm siyosatini kuchaytirish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish va madaniy diplomatiyani mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Downloads

Published

2025-11-06

Issue

Section

Articles

How to Cite

O‘ZBEKISTONNING XALQARO TURIZM TIZIMIGA INTEGRATSIYASI: MUAMMOLAR VA IMKONIYATLAR. (2025). European Journal of Interdisciplinary Research and Development , 44, 363-367. https://ejird.journalspark.org/index.php/ejird/article/view/1672