XORIJIY MAMLAKATLARDAGI ILG‘OR TAJRIBALAR ASOSIDA “KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH” FANINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
kasb-hunarga yo‘naltirish, kasbiy diagnostika, xorijiy tajriba, dual ta’lim, mentorlik, kasbiy maslahat, kompetensiyaviy yondashuv, raqamli texnologiyalar, pedagogik metodika, kasbiy kompetensiya.Abstract
Mazkur maqolada kasb-hunarga yo‘naltirishning nazariy va metodologik asoslari hamda xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar tahlil qilingan. Germaniya, AQSH, Finlandiya va Janubiy Koreya ta’lim tizimlarida kasbiy yo‘naltirishni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilib, ularning samarali jihatlarini milliy ta’lim tizimiga moslashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot davomida kasbiy diagnostika, dual ta’lim, mentorlik tizimi, individual rivojlanish xaritalari va raqamli texnologiyalar asosidagi kasbiy maslahat xizmatlarining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, xorijiy tajribalarni “Kasb-hunarga yo‘naltirish” fanini o‘qitish metodikasiga integratsiya qilishning pedagogik shart-sharoitlari asoslandi hamda bo‘lajak pedagoglarning kasbiy diagnostika kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida innovatsion yondashuvlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NoDerivatives 4.0 International License.







