QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARNI BOSHQA YER TOIFALARIGA OʻTKAZISHDA NOBUDGARCHILIKLARI OʻRNINI QOPLASH

Authors

  • Safayev Sanjarbek Zafarbek o‘g‘li “O‘zdavyerloyiha” DILI Xorazm bo’linmasi direktor o‘rinbosari, Q.x.f.f.d (Phd)

Keywords:

Qishloq xo‘jaligi yerlari, yer toifasini o‘zgartirish, yer konversiyasi, nobudgarchilik, kompensatsiya mexanizmi, tuproq unumdorligi, bonitet balli, iqtisodiy baholash, yer resurslari boshqaruvi, yer tuzish loyihalari, ekologik baholash.

Abstract

Mazkur bobda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni boshqa yer toifalariga oʻtkazish jarayonida yuzaga keladigan nobudgarchiliklarni aniqlash, baholash va ularning oʻrnini qoplash mexanizmini yaratish masalalari ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda yer uchastkasining qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidagi ahamiyatini aniqlash, tuproq unumdorligi va bonitet ballarini baholash, yer maydonining iqtisodiy qiymatini hisoblash hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidagi yoʻqotishlarni aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, nobudgarchilik kompensatsiyasi miqdorini belgilash, kompensatsiya mablagʻlarini maxsus jamgʻarmalarga yoʻnaltirish hamda ulardan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari asoslab berilgan. Natijada yer resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining barqarorligini taʼminlash hamda yer toifalarini oʻzgartirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy va ekologik yoʻqotishlarni kamaytirishga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Downloads

Published

2026-06-10

Issue

Section

Articles

How to Cite

QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARNI BOSHQA YER TOIFALARIGA OʻTKAZISHDA NOBUDGARCHILIKLARI OʻRNINI QOPLASH. (2026). European Journal of Interdisciplinary Research and Development , 52, 77-83. https://ejird.journalspark.org/index.php/ejird/article/view/2131