ARTEMISIA ABSINTHIUM DORIVOR O‘SIMLIGINING BIOLOGIK FAOL MODDALARI VA TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI
Keywords:
achchiq shuvoq (Artemisia absinthium L.), seskviterpen laktonlar, efir moylari, biologik faol moddalar, antigelmint ta’sir, fitoterapiya, dorivor o‘simliklar.Abstract
Ushbu maqolada achchiq shuvoq (Artemisia absinthium L.) dorivor o‘simligining botanik tavsifi, kimyoviy tarkibi hamda farmakologik xususiyatlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. O‘simlik tarkibida mavjud efir moylari, seskviterpen laktonlar, flavonoidlar va boshqa biologik faol moddalarning antigelmint, antibakterial, yallig‘lanishga qarshi hamda ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilovchi ta’sirlari haqida ilmiy ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, achchiq shuvoqning xalq tabobati hamda zamonaviy fitoterapiya amaliyotida qo‘llanilishi, uning dorivor ahamiyati va istiqbollari yuzasidan umumlashtirilgan xulosalar berilgan.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NoDerivatives 4.0 International License.







