QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI OROL BO’YI MINTAQASIDA YASHOVCHI BOLALAR ORASIDA BRONXIAL ASTMA KASALLIGINING TARQALISHIGA TA’SIR QILIVCHI EKOLOGIK OMILLARNING AHAMIYATI VA KLINIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Bronxial astma, bolalar, Orol bo‘yi mintaqasi, ekologik omillar, klinik xususiyatlar, chang, anemiya, allergik predispozitsiya. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, nafas yo‘llari kasalliklari, profilaktika, ekologik monitoring.Abstract
Ushbu ishda Orol bo‘yi mintaqasining ekologik muammolari fonida bolalar orasida bronxial astma kasalligining tarqalishi va uning klinik kechish xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2019–2023 yillar oralig‘ida davolanayotgan 100 nafar bolalar tibbiy hujjatlari tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, bolalar orasida bronxial astma bilan kasallanish darajasi, ayniqsa shaharlarda, ekologik noqulay hududlarda (chang, qurg‘oqchilik, atmosfera ifloslanishi) yuqori ekani aniqlandi. Ko‘pchilik bemorlarda kasallikning o‘rta va og‘ir darajasi kuzatildi, ularning aksariyatida klinik belgilar sifatida - quruq yo‘tal, nafas yetishmovchiligi, allergik rinit va anemiya holatlari qayd etildi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ekologik omillar bronxial astma rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi va kasallikning erta aniqlanishi, profilaktikasi hamda kompleks davolash strategiyasini ishlab chiqish zarur.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NoDerivatives 4.0 International License.






