TASMALI KONVEYER BARABANLARI UCHUN QOPLAMA TURINI TANLASH BO'YICHA TAHLIL

Authors

  • N. O. Polvonov
  • T.A. Nazarov
  • D..Sh. Adizov
  • B. R. Mamasharifov

Keywords:

konveyer tashish, mexanik effektlar, baraban, qo'llab-quvvatlash, qoplama, deformatsiya.

Abstract

Ushbu maqolada konlarda qo‘llaniladigan tasmali konveyer barabanlarida yuzaga keladigan nuqsonlarning ahamiyati, ularning sabablari va ta’sir etuvchi omillar muhokama qilinadi. Barabanlarga ta’sir qiluvchi kuchlar ularning konstruktiv xususiyatlari hamda ish muhiti sharoitlari asosida tahlil qilindi. O‘tkazilgan tahlillar natijasida baraban yuzasining yemirilishi, yorilish holatlari hamda texnik xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklardan kelib chiqadigan muammolar aniqlangan. Shu asosda, barabanlarga ta’sir etuvchi kuchlarni kamaytirish va ularning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida baraban materialining qalinligi hamda qoplama turi o‘zgartirildi. Tadqiqot davomida baraban tasmalari uchun keng qo‘llaniladigan rezina va poliuretan materiallari solishtirildi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, poliuretan yuqori mustahkamlik, ishqalanishga, yorilishga va sovuqqa chidamlilik kabi jihatlarda rezinadan ustun turadi hamda uzoq muddatli foydalanish imkonini beradi. Ishqalanishga chidamlilik darajasi MI-1m turidagi maxsus qurilma yordamida sinovdan o‘tkazilib, texnik ko‘rsatkichlar aniqlab tahlil qilindi. Maqola yakunida, poliuretan qoplamalardan foydalanish konveyer barabanlarining xizmat muddatini uzaytirish, ularning ishonchli ishlashini ta’minlash hamda texnik xizmat xarajatlarini kamaytirish uchun samarali yechim bo‘lishi mumkin degan xulosa chiqarilgan.

Downloads

Published

2025-06-21

Issue

Section

Articles

How to Cite

TASMALI KONVEYER BARABANLARI UCHUN QOPLAMA TURINI TANLASH BO’YICHA TAHLIL. (2025). European Journal of Interdisciplinary Research and Development , 40, 198-209. https://ejird.journalspark.org/index.php/ejird/article/view/1503

Similar Articles

1-10 of 60

You may also start an advanced similarity search for this article.