RAQAMLI REPOZITORIY SHAKLLANTIRISH UCHUN OCHIQ KODLI AXBOROT – KUTUBXONA TIZIMI

Authors

  • Abduzoirov Shaxobiddin Najmiddinovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta o‘qituvchisi

Abstract

Bugungi kunda raqamli axborotlarni shakllantirish va tarqatish jarayonida ochiq ma’lumotlar bazalarining o‘rni va ahamiyati ortib bormoqda. Xususan, Open Access (ochiq kirish) modellarining keng tarqalishi ilmiy axborotga erkin va bepul kirishni osonlashtirmoqda. Ushbu modellar – oltin, olmos, yashil, bronza va qora ochiq kirish turlari – foydalanuvchilarga va tadqiqotchilarga turlicha darajadagi imkoniyatlarni yaratmoqda. Ayniqsa, yashil ochiq kirish doirasida faoliyat yurituvchi institutsional repozitoriylar oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining intellektual mahsulotlarini tizimli ravishda saqlash va tarqatishga xizmat qilmoqda. EPrints platformasi ushbu jarayonni samarali tashkil etish uchun mo‘ljallangan yetakchi ochiq kodli repozitoriy tizimlaridan biri bo‘lib, yuqori sifatli metama’lumotlar yaratish, o‘zaro integratsiya va raqamli saqlash imkoniyatlarini taqdim etadi. Tadqiqotda ochiq kirish modellari va EPrints tizimining afzalliklari yoritilib, raqamli axborot muhitida ochiq repozitoriylar orqali ma’lumotlar almashinuvining samaradorligi tahlil qilinadi.

Downloads

Published

2025-06-30

Issue

Section

Articles

How to Cite

RAQAMLI REPOZITORIY SHAKLLANTIRISH UCHUN OCHIQ KODLI AXBOROT – KUTUBXONA TIZIMI. (2025). European Journal of Interdisciplinary Research and Development , 40, 167-169. https://ejird.journalspark.org/index.php/ejird/article/view/1495