MOBIL TA’LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISH ASOSIDA DARSLARNI LOYIHALASH METODIKASI

Authors

  • Mamasoliyev Akmaljon Azizjon o‘g‘li Qo‘qon davlat universiteti tayanch doktoranti

Keywords:

mobil ta’lim, dars loyihalash, informatika, axborot texnologiyalari, interaktiv ta’lim, metodika, 6-sinf, o‘quv jarayoni, mobil ilovalar, raqamli kompetensiya.

Abstract

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda mobil ta’lim vositalaridan foydalanish asosida darslarni samarali loyihalash metodikasi yoritilgan. Mobil texnologiyalarning o‘quv jarayoniga integratsiyalashuvi, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, interaktivlikni ta’minlash, shuningdek, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada mobil ilovalar, interaktiv platformalar, multimedia vositalari yordamida dars mazmunini boyitish, o‘quv materiallarini differensiallashtirish hamda o‘qitish natijadorligini oshirishga qaratilgan uslublar tahlil qilinadi. Amaliy tajriba va misollar asosida mobil vositalardan foydalangan holda dars loyihalashning bosqichlari, mezonlari hamda ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari keltirilgan. Maqola yakunida darslarni rejalashtirishda o‘qituvchilarga metodik tavsiyalar beriladi.

Downloads

Published

2025-04-21

Issue

Section

Articles

How to Cite

MOBIL TA’LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISH ASOSIDA DARSLARNI LOYIHALASH METODIKASI. (2025). European Journal of Interdisciplinary Research and Development , 38, 129-134. https://ejird.journalspark.org/index.php/ejird/article/view/1403