YOSHLАRDА IJTIMОIY FАОLLIK VА TОLЕRАNTLIKNI YUKSАLTIRISHNING MUHIM JIHATLARI
Main Article Content
Abstract
Bugungi kunda yoshlar omili, komil inson g’oyasining bosh maqsadiga aylanib, uning xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari, xosiyatlari, sifatlari, ichki imkoniyatlari, iste‘dod alomatlari qancha erta ro‘yobga chiqarilsa, demak taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi intellektual yoshlarni shakllantirish shunchalik tezlashadi. Inson komillik sari qancha tezkor harakat qilsa, u kamolotni ertaroq egallaydi, taraqqiyotni jadallashtirishga munosib hissa qo‘shadi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egallagan mavqei ham sababsiz, o‘z - o‘zidan ro‘y bermaydi. Inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot – faoliyati jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirib borish talab etiladi. Ijtimoiylashuv - har bir shaxsning jamiyatga qo‘shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta‘sirini qabul qilgan xolda, har bir harakati va muomalasida uni ko‘rsatishi, shu ijtimoiy tajribasi bilan o‘z navbatida o‘zgalarga ta‘sirini o‘tkaza olishi jarayonidir. Mаqоlаdа yoshlаrdа ijtimоiy fаоllik vа tоlеrаntlikni yuksаltirishning o‘zigа хоs хususiyatlаri ilmiy jihаtdаn tаdqiq etilgаn.