THE EFFECT OF SUMMER NATURAL-CLIMATIC CONDITIONS ON BREEDING COCOONS
Abstract
Yozda ozuqa sifatini o’zgarishi eng asosiy omillardan hisoblanadi. Ma’lumki, tut bargida ipak qurti normal o’sib-rivojlanishi, sifatli pilla o’rashi va keyinchalik sog’lom nasldor avlod qoldirishi uchun zarur bo’lgan xom protein, erkin azot, uglevodlar, mineral moddalar hamda kul moddasi kabi bir qator organik va noorganik birikmalar mavjud. Agar bahorgi mavsumda yuqoridagi moddalar tut navi yoki duragayidan kelib chiqib o’z me’yorida bo’lsa, yozda esa barglarning suvsizlanishi va dag’allashishi oqibatida eng zarur bo’lgan oqsil, uglevod va erkin azot miqdori pasayadi, bargning kullanishi esa ko’paya boradi.